Jamiyat
Gipertoniya bu eng koʻp uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri hisoblanadi. Uni oʻz vaqtida davolamaslik esa infarkt, insult va yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ham bunday kasallik bilan ogʻrigan bemorlar doimiy tarzda shifokorlarning tavsiyasiga rioya qilishi lozim.
Mutaxassislar qon bosimi profilaktikasi uchun quyidagilarni tavsiya qiladi:
1. Toʻgʻri ovqatlanish. Qizil goʻsht, hayvon yogʻlari va tuz isteʼmolini kamaytiring. Taomnomada meva-sabzavotlar, baliq, yongʻoq, yogʻsiz sut mahsulotlari boʻlishiga eʼtibor bering.
2. Qahvani cheklash. Kofein qon bosimini oshiradi. Shu bois uni cheklash maqsadga muvofiq.
3. Alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechish.
4. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimining meʼyorda boʻlishiga yordam beradi.
5. Tana vaznini nazorat qilish. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanish xavfini oshiradi.
6. Stressli vaziyatlardan qochish. Meditatsiya va yoga bilan shugʻullanish stress hissini kamaytirishning samarali usuli hisoblanadi.
7. Uyqu rejimiga amal qilish. Gipertoniyaga chalingan bemor kuniga kamida 8 soat uxlashi tavsiya etiladi.
8. Dorilarni oʻz vaqtida qabul qilish. Agar shifokor qon bosimini tushirish uchun kerakli dorilar yozib bergan boʻlsa, ularni oʻz vaqtida ichish lozim.
9. Davriy shifokor koʻrigidan oʻtish. Bu organizmdagi salbiy oʻzgarishlarni barvaqt aniqlash va tezkor choralar koʻrish imkonini beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q