Endilikda bitta terminal ham Uzcard, ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi

Saqlash
17:26 / 28.12.2021 990 0

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi.

 

Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo‘lmaydi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot bermoqda.

 

«Raqamli O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonini bajarish maqsadida Uzcard va Humo to‘lov tizimlari joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi. Shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etildi. Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo‘lmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatadigan bitta apparatga ega bo‘ladi», – deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, 2021-yil 27-dekabr kuni Uzcard va Humo to‘lov tizimlari ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilishni namoyish etgan. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham Uzcard, ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

 

Integratsiya memorandumi doirasida Uzcard va Humo quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:

 

karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalarining manfaatlarini himoya qilish;

texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish infratuzilmasini kengaytirish;

to‘lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//