Jahon
Fransiya Omicron bilan bog‘liq xavotirlar ortidan qattiq kovid cheklovlarini joriy qilmoqda.
Yangi yilning dastlabki haftasidan boshlab imkoni borlarga masofadan ishlash majburiy bo‘ladi va yopiq joylarda o‘tkaziladigan tadbirlar 2000 kishi bilan cheklanadi.
Hukumat shanba kuni 100 mingdan ortiq yangi infeksiya qayd etilgani bois ushbu qarorga kelgan – bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ammo Fransiya bosh vaziri Yangi yil arafasida komendantlik soati joriy etilmasligini ma’lum qildi.
Yevropa mamlakatlari koronavirus infeksiyasining kuchayishi va yangi Omicron shtammi qit’a bo‘ylab tarqalishi sababli cheklovlarni qaytadan joriy etishmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shtamm Deltaga qaraganda yengilroq, kasallangan odamlarning kasalxonaga yotqizilish ehtimoli 30% dan 70% gacha. Biroq holatlarning ko‘pligi kasalxonalarda bemorlar ko‘payib ketish xavfini oshirmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q