Jamiyat
Toshkent metropoliteni uchun yana 14 ta qo‘shimcha poezd sotib olinadi, deya ma’lum qildi metropoliten matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, 2020-yil hisobida «Toshkent metropoliteni»da kunlik yo‘lovchi tashish o‘rta hisobda 250-300 mingni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib 380-420 ming yo‘lovchini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar, Rossiyaning «Metrovagonmash» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy 60 ta vagondan iborat 15 ta harakat tarkibi olib kelingan.
“Yo‘lovchilar qatnovi tig‘iz bo‘lgan vaqtlarda poezdlar harakatidagi oraliq vaqt intervallari «Chilonzor» yo‘nalishida 3 daqiqagacha, «O‘zbekiston» yo‘nalishida 4 daqiqagacha, «Yunusobod» yo‘nalishida esa 7 daqiqani tashkil yetmoqda.
Muammolarni hal etish borasida ham bir qancha masalalar ko‘rilmoqda. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2022-yilda 14 ta harakat tarkibi harid qilinishi nazarda tutilgan”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q