Ilm-fan
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan:
➖ pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hamda taʼlim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalarini tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinadi;
➖ pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻquv fani boʻyicha malaka sinovini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
➖ pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish DXM yoki YAIDXP yoxud Taʼlim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;
➖ pedagog kadrlarga qogʻoz shaklidagi attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi;
➖ pedagog kadrlarga bungacha berilgan sertifikatlar oʻz kuchida qoladi va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq toʻlashda hisobga olinadi.
2022-yil 1-yanvargacha “pedkadr.tdi.uz” platformasi ishlab chiqiladi.
Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugashidan qatʼiy nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtib, malaka toifasi oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
Qaror bilan shuningdek, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q