Jamiyat
10-dekabr kuni QS agentligining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi boʻlmish “QS Sustainability Rankings 2025”ni eʼlon qildi.
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingdan Oʻzbekistonning yettita universiteti ham joy olgan.
Bular:
▪️ “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 828-oʻrin;
▪️ Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 931–940-oʻrinlar;
▪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1161–1180 oʻrinlar;
▪️ Toshkent davlat texnika universiteti — 1251–1300-oʻrinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1401–1450-oʻrinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1501+ -oʻrinlar;
▪️ Urganch davlat universiteti — 1501+ -oʻrinlar.
Taʼkidlash lozim, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti reytingda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston OTMlari orasida metodologiyaning beshta koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori natijalarni koʻrsatmoqda:
✔️ “Bilim almashish”;
✔️ “Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishi”;
✔️ “Sogʻliq va farovonlik”;
✔️ “Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha taʼlim”;
✔️ “Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha tadqiqotlar”.
“Atrof-muhit muhofazasi sohasida barqaror rivojlanish” koʻrsatkichi boʻyicha esa Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari eng kuchli natijalarga erishmoqda.
Jumladan, yuqorida sanalgan 7 ta oliygohning 4 tasi ushbu koʻrsatkich doirasida dunyoning eng yaxshi 500 ta OTMlari roʻyxatiga kirgan boʻlsa, 2 tasi eng yaxshi 300 talikdan joy olgan(Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 279-oʻrin, Toshkent davlat transport universiteti — 295-oʻrin).
Xuddi shunday natija “Boshqaruv modeli” koʻrsatkichi boʻyicha ham kuzatilmoqda. Bu koʻrsatkich axloqiy meʼyorlarga rioya qilish, nomzodlarni izlash va xodimlarni ishga qabul qilishda ilgʻor tajribalardan foydalanish, qarorlar qabul qilish tamoyillarining shaffofligi kabi samarali boshqaruv bilan bogʻliq omillarni hisobga oladi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekistonning beshta oliy taʼlim muassasasi dunyoning eng yaxshi 500 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kirgan. Ular orasida eng yuqori oʻrinni Toshkent davlat transport universiteti egallagan boʻlib, reytingning 400-oʻrnida joylashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q