Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoatchilik korrupsiya haqida xabar berishga qay darajada tayyor ekanini baholashga qaratilgan tadqiqot oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, jamoatchilik koʻpincha korrupsiyani poraxoʻrlik va qarindosh-urugʻchilik deb tushunadi.
50 foizdan ortiq respondentga koʻra, korrupsiya bu mansabni suiisteʼmol qilish va qarindosh-urugʻchilik, 40 foizdan kamrogʻi uchun esa qimmatbaho sovgʻalar berish hisoblanadi.
Tadqiqot xulosasiga yozilishicha, aksariyat kishilar sovgʻa berishni korrupsiya emas, balki minnatdorchilik deb biladi. Koʻpchilik pora olish (88,4 foiz) va pora berishni (68,4 foiz) qoralasa-da, yaxshi xizmat uchun kichik sovgʻalar almashishni odatiydek qabul qiladi.
Respondentlarning 74 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga, jumladan, 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyor. 12 foiz respondent esa korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat deb biladi.
Xabar bermaslikning asosiy sabablaridan biri bu xabar beruvchining oʻzi korrupsiyadan manfaatdorligi (19,8 foiz) boʻlsa, yana boshqa sababi bu haqida kimga murojaat qilishni bilmaslikdir (20,4 foiz).
Soʻrovda qatnashganlarning yarmi xabar berish oqibatlaridan qoʻrqadi. 13,8 foizi esa minnatdorchilik belgisi sifatida oʻzi xohlab pul berishini taʼkidlagan.
Respondentlar “Suyunchi”, “toʻyona”, “rahmat” kabilar ham faqatgina minnatdorlik, hurmat va qoʻllab-quvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshirilishini taʼkidlashgan.
Maʼlumot uchun, mazkur tadqiqot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, BMT Seul siyosat markazi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida oʻtkazilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q