“Yil ayoli” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Saqlash
09:08 / 27.12.2021 943 0

Kecha, 26-dekabr kuni poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida "Nafosat", "Gender tenglik faoli" va "Yil ayoli" milliy ko‘rik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibi deb Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani “Orzu” fermer xo‘jaligi raisi Saliyeva Palzada Jiyenbayevna topildi.

 

Yil ayoli – 2021” respublika tanlovining sohibalari:

 

1-o‘rin Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, Tibbiyot fanlari doktori, dosent, Nasriddinova Mahzuna Taxsinovna;

 

2-o‘rin  Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Sharopova Dilfuza Qudratovna;

 

3-o‘rin Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, “Mevazor-Saodat” ishlab chiqarish kooperativi boshlig‘i Nizomova Saodat Kenjayevna.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//