Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4-sonli Farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-dekabr kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan 42219-harbiy qismda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida “Vatanni qo‘riqlar yigitning mardi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining maslahatchisi, shoira Muhtarama Ulug‘ova hamda Markazning Harbiy vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Mahfirat Zikirova, “Saodat” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Munavvara Usmonova, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Umid Shodmonov, “Lazgi” ansambli xonandasi Xurshid Sobirov ishtirok etdilar.
Harbiy qismga tashrif buyurgan mehmonlar dastlab harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, yotoqxona, oshxona, kutubxona, o‘quv xonalari, trenajer va sport zali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” ijrosi yuzasidan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda uyushmagan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarning ko‘rgazmali namoyishi bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng harbiy qism majlislar zalida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, o‘quvchi-yoshlar bilan “Vatanni qo‘riqlar yigitning mardi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mehmonlar tomonidan o‘qilgan she’rlar, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna asarlaridan parchalar tadbirga bayramona ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Jamoatchilik kengashi a’zolari, o‘quvchi yoshlar, el ardog‘idagi ijodkorlar va san’atkorlarning harbiy qism hamda muassasalarga bu kabi tashriflari armiya va xalq birdamligining ifodasi, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi bilan ham ahamiyatlidir.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q