Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchisi oʻzgardi

Saqlash
17:38 / 10.12.2024 595 0

Transfermarkt Fransiya chempionatida oʻynayotgan futbolchilarning transfer narxi yangilanganini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, “Lans” klubida oʻynayotgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning narxi 7 mln yevroga qimmatlashgan. Endi uning bahosi 12 mln yevro.

 

 

Transfermarket portalining joriy yil iyun oyida yangilagan reytingiga koʻra, Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchisi Abbosbek Fayzullayev edi (6 mln yevro). Shomurodov esa 2-oʻrinda boʻlgan – 5 mln yevro.

 

Xabarda yozilishicha, Husanov bu narx bilan Fransiya chempionatida markaziy himoyachilar orasida 21-oʻringa, U-21 markaziy himoyachilar orasida esa 2-oʻringa koʻtarilgan. Osiyolik markaziy himoyachilar orasida esa u 4-oʻrinni band qilgan.

 

Taʼkidlash lozim, Husanov allaqachon fransuz klubining asosiy futbolchisiga aylanib oldi. U bellashuvlarda qayta-qayta eng yaxshilardan biri boʻldi. Bu esa Yevropaning nufuzli jamoalari eʼtiborini tortdi. Jumladan, hozirda oʻzbek yigitiga jahonning bir nechta mashhur futbol klublaridan takliflar tushmoqda. Bular orasida “PSJ”, “Tottenhem” va “Nyukasl” kabi top klublar ham bor.

 

Maʼlumot uchun, 2021-yilda “Roma”ga oʻtganidan keyin Transfermarkt Eldor Shomurodovni 14 million yevroga baholagan edi. Shu hisobda, Abduqodir Husanov oʻzbek futboli tarixidagi ikkinchi natijani qayd etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//