Jahon
Butunjahon qurgʻoqchilik atlasi eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston ham bor.
Mutaxassislar qurgʻoqchilik odamlarning turmush tarziga va butun dunyo boʻylab ekotizimlarning yaxlitligiga tobora koʻproq taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlar ekan, ushbu muammo bilan bogʻliq boʻlgan xavflarning barqaror yechimlarini topishda suvga chidamlilikning tizimli chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini uqtirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligi, savdo va ekotizimlarga taʼsir qiladi. Jumladan, taqdim etilgan Butunjahon qurgʻoqchilik atlasi hosildorlikning kelajakda sezilarli darajada pasayishiga ishora qilmoqda. Dunyoning katta hududlari takroriy va doimiy qurgʻoqchilikka duchor boʻlishi, boshqalari esa iqlimiy jihatdan oʻziga xos ekinlar uchun yaroqsiz boʻlib qolishi mumkin.
Tahlillarga koʻra, 2050-yilga borib dunyo aholisining 75 foizi qurgʻoqchilikdan aziyat chekishi mumkin. Bunda eng katta xavf Hindiston hududiga toʻgʻri keladi. Mamlakatda soya hosilining yoʻqolishi va hosilning yetishmasligi qishloq xoʻjaligida millionlab odamlarga tahdid soladi.
Tadqiqot xulosasida bugungi kunda qurgʻoqchilikning kengayishiga sabab boʻlayotgan omillar quyidagicha keltiriladi:
▪️ suvdan beqaror foydalanish va raqobat;
▪️ yerdan yomon foydalanish;
▪️ iqlim oʻzgarishi natijasida yogʻingarchilikning oʻzgaruvchanligi;
▪️ tez urbanizatsiya va resurslarni notoʻgʻri boshqarish.
Qurgʻoqchilik taʼsirini kuchaytiradigan va uning global miqyosda tarqalishiga imkon beradigan yana bir omil – bu “virtual suv savdosi”.
Bu atama global miqyosda sotiladigan va ishlab chiqarilgan joydan boshqa hududlarda ishlatiladigan mahsulotlarni, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan suvga nisbatan qoʻllaniladi.
Qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligi va savdodan tashqari ekotizimlarga ham zarar etkazadi. Kichik va katta suv aylanishlarining buzilishi biologik xilma-xillikka taʼsir qiladi va kamaytiradi. Bundan tashqari, tuproqdagi ozuqaviy moddalarni yoʻq qiladi hamda yer osti suvlarining qayta tiklanishiga toʻsiq boʻladi. Ushbu oʻzgarishlar nafaqat kelajakdagi qurgʻoqchilikka chidamlilikni pasaytiradi, balki mahalliy ekotizimlar va global ekologik barqarorlikka jiddiy taʼsir koʻrsatadi.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q