Jamiyat
Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda yangi yoʻl belgisi joriy etiladi.
Hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 1 72-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga ilovaga muvofiq “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisini hamda yoʻl yotiq chiziqlarini joriy qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish belgilandi.
Shu bois endilikda shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida, turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda, bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida, ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻplanadigan joylarda, koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlariga “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlari oʻrnatiladi.
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda, tahlillar asosida, 2025–2026-yillarda “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlarini oʻrnatish zarur boʻlgan joylar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Yoʻl belgisining koʻrinishi quyidagicha boʻladi:
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q