Respublika boʻylab “Maʼrifat karvoni” tadbirlari oʻtkazilmoqda

Saqlash
11:45 / 05.12.2024 1283 0

“Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” – ushbu mavzu doirasida respublika boʻylab “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Olim, ziyoli, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishni maqsad qilgan tadbirlar 3-dekabr kuni bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida start oldi.

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ham ishtirok etdi. Beruniy tumani faollari va nuroniylar ushbu tadbirda onlayn ishtirok etdi.

 

 

Loyiha doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusida ziyolilar forumi, “Yangi Oʻzbekiston – islohotlar falsafasi mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari hamda “Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bagʻishlangan mahorat darslari tashkil etiladi.


 

“Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirlar birlik, hamjihatlik, maqsadi bir, koʻzlagan marrasi ulkan qardoshlarning muloqot platformasi boʻldi! – deydi Otabek Hasanov.

 

 

 

Surxondaryo viloyati Imom Termiziy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Tamaddun, Madaniyat, Maʼrifat mavzusida ilmiy konferensiyada dastlab “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusida ziyolilar forumi oʻtkazildi.

 

 

Namangan viloyatidagi diniy-maʼrifiy konferensiya “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusidagi ziyolilar forumidan boshlandi.

 

 

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbir faollari 4 dekabr kuni Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari tomon yoʻl oldi.

 

 

TATU Fargʻona filialida “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusida boʻlib oʻtgan ziyolilar forumida hudud imom-xatiblari, hojilar, mahalla faollari hamda oliy taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etdi.

 

 

Urganch davlat universitetida “Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviy, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusidagi ziyolilar forumida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari boʻyicha atroflicha soʻz yuritilib, videoroliklar namoyish etildi.

 

 

Buxoro viloyatida “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mavzusida ziyolilar forumi hamda “Yangi Oʻzbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

 

 

5-dekabr kuni loyiha faollari Navoiy, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyati hududlariga yetib bordi.

 

 

Yangi O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yo‘li, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish, bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadiga qaratilgan “Ma’rifat karvoni doirasidagi tadbir Navoiy viloyati Ma'naviyat va ma'rifat markazida bo‘lib o‘tdi. 

 

 

Qashqadaryo viloyatidagi targ‘ibot tadbiri Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

 

 

Andijon davlat universiteti majlislar zalida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar va bunyodkorlik ishlari mavzusidagi ziyolilar forumda hududdagi imom-xatiblar, hojilar, mahalla faollari hamda ma'naviyat targ‘ibotchilar ishtirok etmoqda.

 

 

 

Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan tadbirlar loyihasi birinchi navbatda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 18-20-noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlisidagi nutqi mazmun-mohiyatini ziyolilar ishtirokida keng ommaga yetkazishni maqsad qilgan.

 

Bundan tashqari, targʻibot tadbirlari orqali yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarini ziyolilar oʻrtasida keng targʻib etish, aholi, xususan yoshlarga “Oʻzbekiston–2030 strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, buyuk ajdodlar merosini asrab-avaylash, oʻrganish va ommalashtirish, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglikni taʼminlash, yurtdoshlarimizning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻularini mustahkamlash kabilar koʻzda tutilgan.

 

“Maʼrifat karvoni targʻibot tadbirlari 15-dekabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//