Britaniyalik olimlar insonning oʻlim sanasini aniqlamoqchi

Saqlash
16:38 / 02.12.2024 87 0

Buyuk Britaniyada shifokorlar bemorning ehtimoliy oʻlim sanasini bashorat qilish uchun sunʼiy idrokka asoslangan tizimdan foydalanmoqchi.

 

Elektrokardiogramma (EKG) asosida ishlaydi tizim yurakning elektr faolligini bir necha daqiqa davomida qayd etadi.

 

Maʼlumotlarni tahlil qilish orqali sunʼiy idrok oddiy diagnostika usullari bilan aniqlash qiyin boʻlgan yashirin xavflarni aniqlashi mumkin.

 

AIRE deb nomlangan dastur EKGdan keyingi 10-yil davomida 78 foizgacha aniqlik bilan oʻlim xavfini pargnoz qilishi mumkin.

 

Texnologiyaning dastlabki sinovlari Londondagi bir nechta shifoxonada oʻtkazilib, ularda yuzlab bemorlar ishtirok etgan.

 

Kelajakda esa tadqiqotda qatnashuvchilar sonini koʻpaytirish rejalashtirilgan.

 

London shifoxonalaridan birining kardiologi Arunashis Sau yangi tizim kasallik xavfi yuqori boʻlgan bemorlarni topishga yordam berishini tushuntirdi.

 

Xabarga koʻra, texnologiya EKGni tahlil qilish orqali aritmiya va yurak yetishmovchiligi alomatlarini ular oʻzini namoyish qilishidan ancha oldin aniqlaydi.

 

Mutaxassisning taʼkidlashicha, garchi bu vosita shifokorlar oʻrnini bosolmasa-da, oddiy tashxis imkoniyatlaridan tashqariga chiqishga yordam beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//