“Cheksiz ijod – cheksiz imkon” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Saqlash
17:07 / 24.12.2021 1081 0

 

Kecha, 23-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan “Cheksiz ijod – cheksiz imkon” kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

 

Loyiha  joriy yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Dastlab imkoniyati cheklangan ijodkorlar o‘rtasida ijodiy tanlov o‘tkazildi. Nazm, nasr, publisistika yo‘nalishlarida ijod qiluvchi 235 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar orasidan 23 nafari tanlab olindi. So‘ngra ularning ijodiy ishlari to‘plam holida chop etildi. 

 

Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yurtimizda yosh ijodkorlarga va imkoniyati cheklangan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashdagi amaliy ishlar va tanlov haqida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu to‘plam nogironligi bor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdagi ilk qadam ekanini ta’kidladi.

 

Keyin UNDP xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi ishonchli vakili Matilda Dimovska so‘zga chiqdi va mazkur loyiha haqida iliq fikrlar bildirib, bunday loyihalarda doimo ko‘makka tayyor ekanini aytib o‘tdi.

 

Taqdimot so‘ngida to‘plamga ijodiy ishlari chop etilgan ijodkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, shoirlar tomonidan kompozitsion chiqishlar namoyish etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//