Yaponiyada tahsil olish uchun stipendiya tanlovi eʼlon qilindi

Saqlash
18:02 / 25.11.2024 106 0

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yaponiya hukumati tomonidan eʼlon qilingan stipendiya tanlovi haqida maʼlum qildi.

 

Mazkur grantlar Aichi prefekturasi maʼmuriyati, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “JDS”, Nagoya universitetining “Global 30”, Yaponiya Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun stipendiya dasturlari doirasida ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

 

Tanlovdan oʻtganlar Yaponiyaning Nagoya, Nagoya shahar va Nagoya iqtisodiyot universitetlarida magistratura va doktoranturada tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

“Nomzodlar respublika OTMlari oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan boʻlishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadi”, deyiladi xabarda.

 

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat etishi soʻraladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//