Ilm-fan
Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev boshchiligida mamlakat delegatsiyasi aʼzolari Qohira universiteti prezidenti doktor Muhammad Sami Abdul-Sodiq bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqotda asosiy eʼtibor talabalar bilan ishlash, akademik va tadqiqot sohalarida hamkorlik oʻrnatish, professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi masalalari muhokama etilgan.
Tomonlar shuningdek, hamkorlik shartlarini ham kelishib olgan. Jumladan, Qohira universiteti fakultetlarining qator muhim mutaxassisliklari boʻyicha magistratura boʻlimida professor-oʻqituvchilar, talabalar uchun joy ajratiladigan boʻldi.
Universitet prezidenti Muhammad Sami Abdul-Sodiq suhbat davomida oliy oʻquv yurti tarixi, universitet huzuridagi institutlar, fakultetlar, ushbu taʼlim muassasasida oʻqiyotgan misrlik va chet ellik talabalar soni haqida batafsil maʼlumot bergan.
Oʻzbekiston elchisi Mansurbek Qilichev esa Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari Misr bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirgan.
Maʼlumot uchun, Kohira universiteti “Times” nashrining 2024-yil noyabrda oyida eʼlon qilgan reytingida 92 mamlakat, xususan mintaqadagi 749 universitet orasida 39-oʻrinni egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q