Ilm-fan
Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk Federal xizmatidan Oʻzbekiston milliy universitetining professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonovga xalqaro patent berildi.
Xabarga koʻra, Olimning “Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli fanga kiritgan ilmiy tushunchasi eʼtirof etilib, xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan.
Ushbu maʼlumotlar bazasi oʻtish davri bosqichlari, inqiroz paydo boʻlish shartlari, inqiroz turi, undan chiqish yoʻllari, jamiyatni modernizatsiyalash masalalari kabilar bilan boyitilgan.
Olimning “Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli tushunchasi va ilmiy yangiligi uzoq yillik tadqiqotlarga asoslangan boʻlib, xorij va mintaqamizda eʼlon qilingan ilmiy adabiyotlar, amaliy tajribalarni tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan.
Endilikda professor Baxtiyor Omonov fanga kiritgan ushbu maʼlumotlar bazasidan talabalar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, shuningdek, rivojlanish yoʻliga oʻtib olgan yosh davlatlar oʻzlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida foydalanishi mumkin.
Mazkur ilmiy yangilik sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida qoʻllaniladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111699
Jamiyat
94652
Jamiyat
90643
Jamiyat
75192
Jamiyat
//
Izoh yo‘q