AQShda tahsil olayotgan talabalar soni maʼlum qilindi

Saqlash
18:21 / 20.11.2024 136 0

AQShda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalarning soni 2023/2024-oʻquv yilida qariyb 12 foizga oshib, 1219 nafarga yetdi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

 

Xabarga koʻra, ularning yarmidan koʻpi, yaʼni 703 nafari bakalavriat talabalari hisoblanadi. Bu esa oʻtgan yilga qaraganda koʻrsatgich 12,8 foizga oʻsganini bildiradi.

 

magistraturada oʻqiyotgan oʻzbekistonliklar esa 350 nafar boʻlib, bunda koʻrsatgich 7,4 foizga oshgan.

 

Shuningdek, 134 nafar talaba (+55,8 foiz) fakultativ amaliy mashgʻulotlarni tamomlagan. Yana 32 nafari (-40,7 foiz) nodavlat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilingan.

 

Hisobotda yozilishicha, 2023/2024-oʻquv yilida AQSh universitetlarida jami 1,1 milliondan ortiq xalqaro talaba tahsil olgan. Oldingi oʻquv yiliga qaralsa, ushbu mamlakatga kelgan talaba soni yana 17 foizga koʻpayganini koʻrish mumkin.

 

AQShda oʻqiyotgan eng koʻp xorijiy talabalar Hindiston hisobiga toʻgʻri kelgan — 331,6 ming nafar. Bu jami xorijiy talabalarning 29,4 foizini tashkil qiladi.

 

Keyingi oʻrinni esa 277,3 ming talabasi bor (jami xorijlik talabalarning 24,6 foiziga teng) Xitoy band qilgan. Janubiy Koreya ham yetakchilar qatorida – 43,1 ming talaba (3,8 foiz).

 

Kuchli beshlikka Kanada (28,9 ming nafar talaba) hamda Tayvan (23,1 ming nafar talaba) davlatlari yakun yasagan.

 

Maʼlumot uchun, chet ellik talabalarni moliyalashtirishning asosiy manbalari shaxsiy yoki oilaviy byudjet (54,5 foiz), ish beruvchi (21,8 foiz) va Amerika universitetlari stipendiyalari (19 foiz) boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//