Jahon
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan rossiyalik Rossiya xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori Bezrukov Sergey Vitalyevich hamda Rossiya xalq artisti, balet artisti, rejissyor Liyepa Andris Marisovich “Doʻstlik ordeni“ bilan mukofotlanadi.
Farmonga koʻra, soha vakillari Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarimizning anʼanaviy doʻstlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, xususan, kino va teatr yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, maʼnaviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boyitishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanishi belgilangan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Putin oʻzbekistonlik ikki nafar sanat vakili Farrux Zokirov hamda Sevara Nazarxonlarni Rossiyaning doʻstlik ordeni bilan taqdirlagani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112336
Jamiyat
95006
Jamiyat
91158
Jamiyat
75893
Jamiyat
//
Izoh yo‘q