Paratsetamolni uzoq muddat qabul qilish insult xavfini oshiradi

Saqlash
12:25 / 14.11.2024 179 0

Paratsetamolni muntazam ravishda qabul qilgan har bir kishini shifokor ogohlantiradi, deya xabar berdi Independent nashri doktor Semiya Aziz soʻzlariga tayanib.

 

Xabarda yozilishicha, paratsetamolni uzoq vaqt davomida qabul qiladiganlar bora-bora qon bosimining oshishidan aziyat chekadi.

 

Doktor Semiya Aziz ITV telekanaliga bergan intervyusida mazkur dori vositasi haqida tahliliy maʼlumotni taqdim qilar ekan, u paratsetamolning yuqori qon bosimiga duchor qilishini aytadi.

 

“Hozirda biz paratsetamolning qisqa vaqt ichida eng past samarali dozasida bosh ogʻrigʻi, isitma uchun juda yaxshi samara berishini bilamiz. Ammo yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, paratsetamolni uzoq muddat, muntazam ravishda, masalan, artrit, surunkali ogʻriqlar uchun qabul qiladigan odamlarda qon bosimi koʻtarilishi mumkin”, deydi u.

 

Azizning qoʻshimcha qilishicha, bu preparatni qisma muddat bilan qabul qilish mumkin, biroq agar muntazam ichishga odatlanib qolganlar boʻlsa, ular oʻz shifokorlari bilan maslahatlashishi lozim.

 

“Paratsetamolni uzoq muddat davomida qabul qilish yuqori qon bosimiga duchor qiladi. Qon bosimining koʻtarilishi esa yurak-qon tomir kasalliklari, yurak xurujlari, insult xavfini oshiradi”, deydi shifokor.

 

Xabarda keltirilishicha, paratsetamolni uzoq muddatli qoʻllash oqibatida kelib chiqadigan aniq xavflardan biri bu jigarning zararlanishi hisoblanadi. Chunki paratsetamol jigarda metabolizm jarayoniga uchraydi. Haddan tashqari bu dorini ichish jigarning xavfsiz qayta ishlash qobiliyatini buzadi. Oqibatda esa jigar shikastlanadi. Agar preparat yuqori dozada qabul qilingan boʻlsa, bu xavf yanada tezlashishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//