Ilm-fan
Davlat rahbari qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil qilinadi.
Prezidentning “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʻqullangan.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
– hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʻlim tizimini yaratish;
– zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT-laboratoriya bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;
– talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;
– oʻquv jarayoniga xalqaro taʻlim standartlari, ilgʻor taʻlim texnologiyalari va usullarini joriy etish, shuningdek, talabalardamustaqil taʻlim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish;
– yetakchi xorijiy oliy taʻlim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish;
– talaba-yoshlarda maʻnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʻlim-tarbiya jarayoni hamda maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish.
Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.
Universitetda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʻiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, dars mashgʻulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha taʻlim jarayoni dual taʻlim shaklida yoʻlga qoʻyilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi hamda taʻlim jarayoniga uzoq yillik mehnat tajribasiga ega amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025-yil 1-fevralga qadar universitetda joriy etiladigan yangi taʻlim yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uning tuzilmasi, shtat birliklari, fakultet va kafedralarini qayta koʻrib chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʻminlash, xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasida universitet boʻlimini tashkil etish va uni sifatli maʻlumotlar bilan toʻldirish kabi vazifalar topshirildi. 2025-yil 1-iyunga qadar universitetda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini koʻchirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmi ham joriy etiladi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q