Volkswagen xarajatlarni qisqartirish uchun Germaniyadagi uchta zavodini yopishi mumkin

Saqlash
18:33 / 28.10.2024 46 0

Volkswagen kompaniyasi oʻzining 87 yillik tarixida ilk bor Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan katta dasturning bir qismi sanaladi. Bu haqda direktorlar kengashi aʼzosi Daniela Kavallo maʼlum qilgan. Bundan tashqari, dastur ishchilarning mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritishni ham nazarda tutgan.

 

Daniela Kavallo bu qaror Germaniyada oʻn minglab ish oʻrinlariga xavf solishi mumkinligini ham taʼkidlagan. Kompaniyaning asosiy korxonalarida ish haqi 10% ga qisqartirilishi mumkin. Guruh bosh direktori Oliver Blyum Yevropada talabning pasayishi va Xitoyning BYD kompaniyasi bilan raqobat kuchayayotgan sharoitda brendning yuqori narxiga ishora qilgan. Bloomberg nashri yozishicha, 1-dekabrdan boshlab avtokonsern zavodlarida ogohlantiruvchi ish tashlashlar boʻlishi mumkin.

 

Nashrning qayd etishicha, kompaniyaning premium brendlari soʻngi vaqtlarda yirik daromad manbai boʻlgan boʻlsa-da, hozir ular ham qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Volkswagen, Skoda, Audi, Porsche, Bentley va Ducati rusumli avtomobillar Volkswagen AG tomonidan ishlab chiqariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//