Oʻzbekiston hududidan 2 ta qadimiy togʻ shaharlarining qoldiqlari topildi

Saqlash
11:36 / 25.10.2024 185 0

Olimlar Oʻzbekiston togʻlaridan 2 ta qadimiy shahar qoldiqlarini aniqladi. VI–XI asrlarda mavjud boʻlgan ushbu polislar Ipak yoʻlida tashkil etilgan va gullab yashnagan.

 

Reuters nashrining yozishicha, arxeologlar zamonaviy texnologiyasidan foydalangan holda Oʻzbekiston togʻlarida ushbu yoʻqolgan shaharlarning qadimiy izlarini topishga muyassar boʻlgan. Ulardan biri metall sanoati markazi boʻlgan boʻlsa, ikkinchisi dastlabki islom taʼsirini oʻzida aks ettiradi.

 

Ushbu mustahkam togʻ shaharlari dengiz sathidan 2000-2200 metr balandlikda boʻlib, bir-biridan 5 km uzoqlikda joylashgan. Ular Yevropa va Yaqin Sharqni Sharqiy Osiyo bilan bogʻlagan Ipak yoʻlidagi eng yirik shaharlar qatoriga kiradi.

 

“Bu shaharlar fanga mutlaqo nomaʼlum edi. Biz topilmalarga mos keladigan ochilmagan joylarni tarixiy manbalar orqali topishga harakat qilyapmiz”, deydi Vashington universiteti arxeologi Maykl Frachetti.

 

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, bu togʻ shaharlarining eng kattasi Tugʻunbuloq boʻlib, u 300 gektar maydonni egallagan. Aholisi esa taxminan 10 ming atrofida boʻlgan.

 

Miloddan avvalgi 550-yildan milodiy 1000-yilgacha mavjud boʻlgan bu shahar oʻz davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik polislardan biri edi. U hatto 70 milya (110 km) uzoqlikda joylashgan mashhur savdo markazi Samarqand bilan ham raqobatlashgan.

 

“Tugʻunbuloq Markaziy Osiyoda qayd etilgan baland qalʼalar yoki aholi punktlariga qaraganda bir necha baravar kattaroq va sirliroqdir”, deydi Frachetti.

 

Manzilgohning qalin sopol devorlar bilan oʻralgan mustahkam binolaridan birida dastlabki qazish ishlari natijasida oʻchoq va pech qoldiqlari topilgan. Bu esa hududda temir rudasini eritib, uni poʻlatga aylantiradigan zavod boʻlganiga ishora qiladi.

 

Tadqiqotchilar hozirda u yerda kimyoviy tahlil yoʻli bilan poʻlat ishlab chiqarilganligini tasdiqlash ustida ishlamoqda. Taʼkidlanishicha, viloyat IX–X asrlarda poʻlat ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan.

 

Frachettining soʻzlariga koʻra, qoʻy va qoramol kabi chorvachilik mahsulotlari, jumladan, jun savdosi bilan bir qatorda metall sanoati ham Tugʻunbuloq iqtisodiyotining oʻziga xos xususiyati boʻlgan boʻlishi mumkin.

 

“Tugʻunbuloq Ipak yoʻlining ilk oʻrta asrlardagi siyosiy iqtisodiyotini tushunishni ancha murakkablashtiradi”, deydi u.

 

Ikkinchi togʻ shahar bu taxminan 730-750-yillardan 1030-1050-yillargacha mavjud boʻlgan Toshbuloq boʻlib, uning maydoni Tugʻunbuloq hududining atigi oʻndan bir qismiga toʻgʻri keladi.

 

Bu viloyat qiziqarli madaniy xususiyatga ega. Xususan, bu mintaqa hududida islom dini tarqalishining dastlabki koʻrinishini aks ettiruvchi katta qabriston ham aniqlangan (400 ta qabr).

 

“Qabriston shaharning kichik oʻlchamiga mos kelmaydi. Toshbuloq atrofida mafkuraviy oʻziga tortadigan narsa boʻlganki, unda odamlar koʻmilgan”, –deya izoh beradi Frachetti.

 

Oʻzbekistonning janubi-sharqiy hududlarida tashkil topgan, ilk oʻrta asrlarga taalluqli boʻlgan mazkur ikki manzilgoh arxeologlar dastlabki dalillarga duch kelishmaguncha unutilib yotgan edi. Endilikda ularning taroxo chuqurlashtirilgan holda oʻrganilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, qadimiy shaharlarni aniqlashga yordam bergan texnologiya Lidar boʻlib, u topografiyani oʻlchash uchun landshaftni lazerlar bilan toʻldiradi. Bu orqali qadimiy inshootlar, maydonlar, istehkomlar, yoʻllar, turar-joylar va boshqa shaharlar haqida zaruriy maʼlumotlar olish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Madaniyat

18:07 / 25.10.2024 0 174
Zulfiqor Musoqov yangi film suratga olmoqda

Jahon

15:03 / 25.10.2024 0 176
Qirgʻiziston madhiyasi qayta yoziladi

Jamiyat

12:08 / 25.10.2024 0 245
Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilindi

Jamiyat

09:16 / 25.10.2024 0 180
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi

//