Ilm-fan
Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti, Arab davlatlari ligasi va “Al-Azhar” diniy majmuasi kutubxonasi fondidan 500 dan ziyod noyob adabiyot va darsliklar Oʻzbekiston elchixonasiga topshirildi.
Diplomatik tadqiqotlar instituti tomonidan ingliz va arab tillarida taqdim etilgan kitoblar zamonaviy diplomatiya, siyosat, iqtisod, falsafa, Yaqin Sharqdagi jarayonlar, mintaqadagi davlatlar tarixi va koʻp yillik muammolarni hal qilish istiqbollari kabi mavzularni qamrab olgan.
Shuningdek, musulmon olamidagi eng qadimiy va eng nufuzli oliygohlardan hisoblangan “Al-Azhar ash-Sharif” diniy majmuasi “Al-Azhar” universitetida talabalarga oʻqitiladigan qimmatli adabiyotlar, muqaddas Islom dini va maʻnaviyatga chorlovchi qoʻllanmalarni sovgʻa qildi.
Mazkur jamlanma holidagi kitoblar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx – Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovi orqali mamlakatga yetkazilgan.
Ushbu kitoblar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga taqdim etish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109840
Jamiyat
94201
Jamiyat
90025
Jamiyat
73214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q