“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalari eʼlon qilindi

Saqlash
15:27 / 15.10.2024 337 0

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalari eʼlon qilindi.

 

Mazkur roʻyxatga koʻra, tanlovda munosib qatnashgan va yuqori bal toʻplagan 411 nafar yosh “Jamgʻarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan.

 

Stipendiatlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim oladi.

 

Xabarda yozilishicha, umumiy gʻoliblarning 60 foizga yaqini STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt), muhandislik va ishlab chiqarish, meditsina va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yoʻnalishlarda taʼlim olishni rejalashtirmoqda.

 

“Yangi Oʻzbekistonning eng iqtidorli va istiqbolli yoshlari boʻlgani sababli stipendiatlarimiz dunyoning eng nufuzli TOP-300 talik universitetlari va ilmiy markazlarida taʼlim oladilar. Ulardan namunaviy axloq-odob va oʻqishni faqat “aʼlo” baholarda yakunlash talab etiladi”, deyiladi jamgʻarma xabarida.

 

Endilikda stipendiatlardan ikki hafta muddatda tegishli hujjatlarni jamgʻarmaga toʻliq va belgilangan talablar doirasida topshirish talab etilmoqda.

 

Oldinroq Oyina.uz “El-yurt umidi” jamgʻarmasi haqida audio-chat tashkil qilgan edi. Unda xorijda taʼlim olmoqchi boʻlgan yoshlar uchun eng muhim tavsiyalar berib borilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//