Jahon
Nobel qoʻmitasi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha mukofot sovrindorlarini eʼlon qildi.
Tibbiyot va fiziologiya yoʻnalishlari boʻyicha 2024-yilgi mukofot amerikalik olimlar Viktor Embros va Geri Ravkanga taqdim etildi. Ular “MikroRNKning kashf qilishi va genlar ekspressiyasining transkripsiyadan keyingi boshqaruvida MikroRNKning roli”ni oʻrgangani uchun mazkur mukofotga loyiq topilgan. Qoʻmita axborotiga koʻra, MikroRNK genlarni tartibga solishda muhim rol oʻynaydigan kichik RNK molekulalarining yangi sinfi hisoblanadi.
“Olimlarning kashfiyoti genlarni tartibga solishning mutlaqo yangi tamoyilini ochib beradi. Bu esa koʻp hujayrali organizmlar, jumladan odamlar uchun ham juda muhim sanaladi” – deyiladi xabarda.
Genetik tadqiqotlar tufayli, hujayra va toʻqimalar MikroRNKsiz normal rivojlana olmasligi maʼlum boʻldi. Ilk bor Embros va Ravkam tomonidan aniqlangan genlarni MikroRNK orqali tartibga solish yuz millionlab yillar davomida ishlab kelmoqda: bu mexanizm murakkab organizmlarning rivojlanishiga (evolyutsiyasiga) imkon beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q