Sport
Uch nafar rossiyalik sportchi — Denis Ayrapetyan (konkida yugurish) Daniil Yeybog (konkida yugurish), Danila Semerikov (konkida uchish) Oʻzbekiston nomidan bellashuvlarda qatnashmoqchi. Bu haqida Davlat Dumasi deputati Svetlana Jurova “Match TV” telekanali bilan suhbatda maʼlum qildi.
“Men bu vaziyatdan xavotirdaman. Bu sportchilar Rossiyani shunday holatda tark etayotganidan afsusdaman. Men ularni tushunolmayman, lekin qoralamayman ham. Bu ularning tanlovi. Ular Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishni xohlaydi”, degan Jurova suhbat davomida.
1-oktyabr (seshanba) kuni Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi ijroiya qoʻmitasi mazkur uchala sportchi Oʻzbekiston terma jamoasiga oʻtishini maʼqullagan va ularga 2 yillik karantin bergan.
Maʼlumot uchun, Semerikov jahon chempionati sovrindori, Ayrapetyan va Yeybog esa Yevropa chempioni hisoblanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q