Iqtisod
Surat ijtimoiy tarmoqlardan olindi
Oʻzbekiston aholisi kundalik ratsionda eng koʻp isteʼmol qiladigan mahsulotlar orasida 1-navli bugʻdoy uni yetakchi oʻrinda egallagan.
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining xabarida yozilishicha, bugʻdoyni isteʼmol qilishda daromadning ahamiyati yoʻqligi aniqlangan.
Statistik maʼlumotga koʻra, mamlakatda yashovchilar undan tayyorlangan mahsulotlarni kuniga kamida 12 marta tanavvul qilgan.
Shuningdek, taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston aholisi Sogʻliqni saqlash vazirligi kunlik ratsionda boʻlishini tavsiya etgan 46 ta mahsulotdan 21 tasini, kam taʼminlangan oilalar esa 16 tasini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgan.
Jumladan, belgilangan miqdordan ortiq yeyiladigan mahsulotlardan biri tarvuz boʻlib, u mavsumida uch barobar koʻp tanovul qilingan. Qovun, piyoz, oʻsimlik moyi va sabzining kunlik isteʼmoli ham tavsiya etilganidan ikki hissa ziyod boʻlgan.
Isteʼmoli kam mahsulotlarga sariyogʻ va lavlagi kiritilgan boʻlib, ular kunlik ratsionda tavsiya etilgan miqdordan ikki baravar kam yeyilgan. Quyon goʻshti va javdar noni esa atigi 2 foiz va 1 foiz miqdorida foydalanilgan.
Nok isteʼmoli esa ham sust boʻlib, u kunlik tavsiya etilgan miqdorning atigi 10 foizini tashkil qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q