Peshonadagi chuqur ajinlar inson hayoti uchun xavfli ekani aniqlandi

Saqlash
15:30 / 22.12.2021 1059 0

Teluz universitetidagi fransuz olimlari uzoq vaqt davomida ilmiy izlanishlar olib borib, inson yuzidagi ajinlar bevaqt o‘limning belgisi ekanini aniqladilar.

 

Tadqiqotda 32-62 yosh atrofidagi 3200 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Olimlar ularni 20 yil davomida kuzatib borishdi. Bu vaqt ichida ulardan 233 tasi vafot etdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, peshonasida chuqur ajinlari mavjud insonlar orasida o‘lim holati ko‘p kuzatilgan, ajini yo‘q odamlarda deyarli uchramagan. Olimlarning aytishicha, yuzi serajin kishilarda yurak-qon tomir kasalliklari ko‘proq uchraydi. Bu esa erta o‘limga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//