SSV: “Tez yordam”ni chaqiradiganlarning aksariyati aslida “103” yordamiga muhtoj emas

Saqlash
18:23 / 21.12.2021 822 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmatiga koʻra, yurtimizda yil boshidan 1-dekabrga qadar “Tez yordam” xizmati orqali 11 million 422 ming 63 nafar bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shulardan 1 million 49 ming 221 nafari gospitalizatsiya qilingan. Yaʼni bemorlarni shifoxonalarga yotqizish koʻrsatkichi bor-yoʻgʻi 9 foizga toʻgʻri kelgan.

 

Buning boisi esa tibbiy yordamga muhtoj boʻlmagan fuqarolarning qoʻngʻiroqlari. Qayd etilishicha, 2021-yilning oʻn bir oyi davomida “103” xizmatiga boʻlgan murojaatlar soni 11 million 604 ming 292 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 millionga koʻp.

 

Biroq, 90 foizdan ziyod holatda bemorlarga joyida tibbiy xizmat koʻrsatilgan. Bu esa “Tez yordam”ni chaqiradiganlarning aksariyati aslida “103” yordamiga muhtoj emasligini anglatadi.

 

Vazirlik bunday holatlar tibbiyot xodimlarining vaqti behuda yoʻqotilishi va tibbiy yordamga chindan ham muhtoj bemorlarga xizmat koʻrsatish qamrovi pasayishiga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlab, fuqarolardan bu borada eʼtiborliroq boʻlishini soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//