Ilm-fan
16-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida AOKA, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, UzReport telekanali hamkorligida kitobxonlik bayrami – “Bitmas xazina” kitob festivali va koʻrgazma-yarmarkasi oʻz ishini boshladi.
“Mamlakatimizda 7 yildan buyon “Kitobxon millat” gʻoyasi ketyapti. Bugungi “Bitmas xazina” festivali ham shu gʻoyaning uzviy davomi sanaladi” – deya festivalni dastlabki ochib beruvchilar safida soʻz boshladi Otabek Hasanov.
Tadbirda oʻzbek adiblari, olimlar, noshirlar, poligrafiya, kitob-savdo tashkiloti, nashriyot mutaxassislari, kitobxonlar hamda talaba-oʻquvchilar ishtirok etdi. Konferensiyada soʻzga chiqqanlar kitobxonlik targʻiboti, noshirlik muammolari, kitoblarni davr va zamonga moslashtirish masalalari haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, Hasanov yoshlarning kitobxonligi kelajakda ularning lider boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi:
“Hamma narsaning, barcha eshiklarning kaliti bu – ilmdir. Va oʻylaymanki, bugun kitob oʻqiyotgan avlod ertaga, indinga barchani boshqaradi” – deya Prezidentning Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligidagi bayram tabrigida aytgan soʻzlaridan iqtibos keltirib, soʻzida davom etdi Otabek Hasanov.
“Odamlar bugun bir-biriga kitob sovgʻa qilishni oʻrgandi. Yaqinda bir toʻyga bordim, kelin-kuyovning sarposiga 40 ta kitob sovgʻa qilishdi. Mana, boʻlarkan-ku!” – deya kitob oʻqish bugungi kunda ommalashayotganini faxr bilan aytib oʻtdi Hasanov.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rahbari boʻlib oʻtgan tadbirda xususiy va davlat nashriyotlarini qiynayotgan muammolarni eshitishga tayyor ekanini bildirdi.
“Kitob koʻpaydi, lekin sifat-chi? Sondan sifatga qachon oʻtamiz? Sifatga oʻtish uchun nima qilishimiz kerak? Kitob oʻqishni ham tanlash kerak! Duch kelgan kitobni oʻqish ham, unga vaqt sarflash ham xatolik. Demak, bugun yoshlarimizning kitob tanlash didini uygʻotishimiz kerak. qaysi kitobni oʻqish kerak-u qaysinisini oʻqimaslik kerakligini saralay olish ham katta narsa”.
Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kelgusida amaliy ishlar, yangi loyihalar oʻtkazilishiga kelishib olindi. Chunki, kitobxonlik har qanday davr va zamonda yosh avlod tarbiyalashning eng yaxshi usuli, maʼnaviy ozuqa manbaidir.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q