Jamiyat
Bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Toshkent yoshlar forumi – 2021 tadbiri doirasidagi yoshlar bilan uchrashdi hamda yoshlar va bank oʻrtasida yuzaga keladigan muammoli holatlar haqida gapirdi.
«Jizzax viloyatiga borganimda, IT parkka kirib, yosh tadbirkorlarimizning juda koʻp yaxshi gʻoyalarini koʻrdim. Afsuski, ularni moliyalashtirishga imkoniyat yoʻq. Chunki, ochigʻini aytish kerak, yoshlarimiz bankka borgani hayiqadi, qoʻrqadi. Nimaga? U yerga borgandan keyin, byurokratiyasi, talablari, boshqa nojoʻya holatlari juda koʻp. Buni tan olishimiz kerak. Haliyam bor. Chunki banklarda islohotlar endi-endi boshlanyapti.
Yoshlar bankka borsa, bankdagilar kredit olish uchun birinchi navbatda birinchi toʻlovni toʻlash kerakligini aytadi. Agar yoshlarda pul boʻlsa, ular bankka borgan boʻlarmidi? Shuning uchun biz eksperiment sifatida, eng yaxshi startap loyihalarini tanlab olib, ularga banksiz oʻzimiz pul berdik. Endi u loyihalar amalga oshmoqda», dedi Sardor Umurzoqov.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
110696
Jamiyat
94434
Jamiyat
90336
Jamiyat
74165
Jamiyat
//
Izoh yo‘q