Prezident taʼlim muassasalari oʻquvchilarining 75 foizi oʻqituvchilarning farzandi ekani aytildi

Saqlash
17:08 / 21.12.2021 828 0

Toshkent yoshlar forumida Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova hamma eʼtibor Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarga qaratilayotgani, chekka qishloq taʼlim muassasalari esa eʼtibordan chetda qolib ketayotgani haqidagi savolga javob berdi.

 

Hilola Umarovaga koʻra, agentlik tomonidan chekka hududlardagi 14 ta maktab statistikasi qilinganda 75 foiz oʻquvchi – oʻqituvchilarning farzandlari boʻlib chiqqan.

 

“Hududlar kesimida necha foiz bolaning ota-onasi ziyoli, necha foizining onasi uy bekasi ekanligi tahlil qilingan. Prezident maktablari oʻquvchilari orasida deylik, veterinar, fermer va harbiylarning farzandlari ham koʻp. Prezident maktablari lokomotiv sifatida boshqa maktablarga taʼlim metodikasini olib kiradi. Hozir qayerda boʻlmasin, ota-ona farzandini yaxshi maktabga joylash uchun repetitor yollab harakat qilyapti. Chekka qishloqdami, shahar markazidami – bilimi bor oʻquvchining taʼlim olishi uchun yetarli imkoniyat bor”, degan Hilola Umarova

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//