Ilm-fan
Google kompaniyasi smartfonlarni yuz mimikalari — tabassum yoki qoshni ko‘tarish orqali boshqarish imkonini beradigan yangi funksiyani ishlab chiqish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.ru.
Xabarga ko'ra, camera switch funksiyasi Android 12 ning to‘rtinchi beta versiyasida Andoird Accessibility Suite dasturida paydo bo‘lgan — ushbu dastur avvaliga ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Dasturning yangi versiyasi hozirda Google Play da yo'q. Biroq dasturchilar uchun mo‘ljallangan APK fayl mavjud.
Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, yuz ifodasi orqali qator boshqaruv elementlaridan, xususan, sahifalarni aylantirish, bosh ekranga qaytishdan xabarnomalarni ko‘rishgacha foydalanish mumkin. Bu borada turli skrinshotlar e'lon qilindi. 
— Funksiya qiziqarli, ammo u ko‘p batareya quvvatini "yeyishi" mumkin, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
112755
Jamiyat
95436
Jamiyat
92251
Jamiyat
76574
Jamiyat
//
Izoh yo‘q