Vazir oliy ta'limda forma talab qilinishi masalasiga to'xtaldi

Saqlash
23:29 / 20.12.2021 2204 5

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent yoshlar forumi — 2021 doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda oliy taʼlim muassasalaridagi forma masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

 

«Rektorlik davrimda ishimni forma boʻyicha taqiqlarni bekor qilishdan boshlagandim. Ammo bu meʼyor bilan boʻlishi kerak. Masalan, boʻyinbogʻ taqib kelmagani uchun darsga kiritmaslik kabi holatlar boʻlmasligi lozim. Oliy taʼlim muassasalarining koʻpi moliyaviy mustaqil, oʻzini-oʻzi taʼminlaydigan taʼlim maskanlari sanaladi. Ularning oʻz dress-kodlari borligini ham inobatga olish kerak.

 

Oliy taʼlim vazirligi va oʻzimning pozitsiyamni aytadigan boʻlsak, forma boʻyicha cheklov qoʻyishga yoʻl qoʻymaymiz. Oliy taʼlim muassasasida kiyinish qanday boʻlish kerak deganda, faqat roʻmol bogʻlamagan qizlar varianti emas, roʻmol bogʻlash variantlari ham berilishi kerak», - dedi vazir Toshqulov.

5 Izohlar

Shohruxbek

01:02 / 19.02.2024

Men andijon Mashinasozlik Institutida o'qiyman bizda har kuni darsda forma so'raydi ko'p hollarda dekan o'rinbosari darsga kelayotgan talabalarni forma kiymay kelganlarda dardga kiritmaydi agar tekshiruv kelib qolsa hattoki galustik taqmaganlarniyam darsga qo'ymasdan qaytarib yuboradi undan tashqari dars jarayonida kirib ham bazida oq ko'ylak kiymaganlarni hammani oldida izza qiladi agar ularga forma kiyish majburiy emas desak Institut ichki tartib qoidasida bor kiyishga majbursanlar deydi shunga oydinlik kiritilsa yaxshi bo'lardi

Utkirjon

19:11 / 24.11.2023

Oliy taʼlimdagilar soqolga ruxsat bermayapti ularni fikricha ochiq kiyingan qizlar darsga xalaqit bermas ekanu soqoldagi bolar dars jarayonida uqtuvchiga halaqit berar ekan . Terdu da bir yoshi kattaroq domla soqolni tanqit qildi yetmaganday "soqol quyib yurgan bolar toza bumaydi ekan," kulgili tugʻrimi...

Nafisa

15:10 / 20.10.2023

Domlalarning formani talab qilishiga men ham qarshiman. Sababi birgina forma kiyib kelinmagani uchun talaba darsdan chetlashtirilyapti. Xususan men JDPU da tahsil olaman. Eng eʼtiborli tomoni shundaki dekanimiz fakultet doirasida qizlar uchun atlasdan materialdan 1,5qarichlik boʻyinbog' taqishni majburiy qildi. Biz ushbu kichkinagina bo'yinbog'ni 15ming sum berib oldik dekanat tomonidan. Lekin bu material bozorda bir metri 17ming sum. Bir metr materialdan boʻyinni bogʻlash uchun nechta boʻyinbogʻ tiksa boʻladi. Kiyinish masalasiga qaytsak, hamma ham zoʻr sharoitda yashamaydi. Odamlar topganini kiyadi. Oʻzi stipendiya ham olmay toʻlagan kontraktimiz 6,5million, lekin kiyinish, mana shunday oliy taʼlimning baʼzi bir harajatlari 12millionga boryapti.

Azizbek Turayev

20:10 / 12.10.2023

Men bu masalaga qushilaman.Chunki talabada har xil vaziyat boʻlishi mumkin formaga mutloq qarshiman.Bizning institutda faqat kuylak soʻraydi lekin unga davomat,dars, bilim qiziq emas.Kuylaksiz utirsang jenfir kiyib darsdan chiqarivordi u kontraktni nega tulayapti bilim olish uchun,institutning ichki qoidasi deydi unda oliy ta'lim qoidasi qayerga ketti...hakazo.Iltimos javob kutaman

Sardor

14:09 / 25.09.2023

Institutga shu yili kirganman bizlardan forma talab qilmoqda .oliy taʼlim muassasa oʻqituvchilari mana shunday huquqga egami? Oldindan javoblar uchun rahmat

Izoh qoldirish

//