Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 21-dekabr, seshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi,17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q