Jamiyat
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov voha ahliga murojaati davomida dabdabali toʻylar haqida fikr bildirdi.
Viloyat hokimi Qashqadaryoda boʻlgan dabdabali toʻy haqida soʻz yuritib, 10 dan ortiq qozon osib, 40-50 mln soʻm pul sarflab, bazm uyushtirayotgan, kim oʻzarga toʻy qilayotganlar oʻrtasida targʻibotni kuchaytirish lozimligini taʼkidlagan.
«Bu kabi meʼyoridan ortiq ovqatlanish birinchidan salomatlik uchun xavfli, qolaversa, yillar davomida ogʻir mehnat orqali topilgan mablagʻni maqsadli sarflash haqida ham oʻylashimiz kerak. Bir kunlik toʻy uchun sarf etiladigan 40-50 mln mablagʻga qancha kitob sotib olsa boʻladi, qancha ehtiyojmand uchun xayr-saxovat koʻrsatsa boʻladi. Shu qishloq uchun kutubxona yoki oʻquv markazi barpo etsa boʻladi», – degan hokim.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
111161
Jamiyat
94533
Jamiyat
90481
Jamiyat
74642
Jamiyat
//
Izoh yo‘q