Jamiyat
“Omiсron” dunyoning qariyb 90 ga yaqin mamlakatida qayd etildi. Vaziyat kundan kunga murakkablashib bormoqda.
JSSTning so‘nggi bayonotiga ko‘ra, “omiсron” aniqlangan mamlakatlar soni 89 taga yetgan. Xususan, yangi shtamm Misr, Eron, Qatar va Ukrainada ham ilk bor qayd etilgan.
Buyuk Britaniyada o‘tgan haftada koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari rekord ko‘rsatkich – qariyb 93 mingtaga yetib, yangi variant dominant pozitsiyani egallagan. Shu sababli London shahrida favqulodda holat e’lon qilindi.
Niderlandiya esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib “omiсron”ning keng tarqalishiga qarshi lokdaun tartibini joriy etishga majbur bo‘ldi. Ushbu cheklovlar 19 dekabrdan kelgusi yilning 14 yanvarigacha amal qiladi.
Toshkentda esa shu kunlarda “Toshkent yoshlar forumi – 2021” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Uning ochilishida ishtirok etgan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga butun dunyoda koronavirusning “omiсron” shtammi tarqalayotgan bir paytda bu kabi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri, degan savol berildi.
Hokim hali vahima qilishga ertaligi, hozircha hech qanday xafv yo‘qligini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda tadbirlar o‘tkazishga hech qanday cheklov yo‘q.
“Hozircha tadbirlar o‘tkazishga to‘liq ta’qiq yo‘q. O‘zbekistonda chuqur xavf yo‘q. Xavf bo‘lganda, tadbirni o‘tkazmagan bo‘lardik”, – deya javob bergan poytaxt hokimi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q