Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Yangi yil archasi tabiiy archalardan kesib olib koʻtarilayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, A.Navoiy koʻchasida Yangi yil archasini tayyorlash davomida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shu atrofdagi Eldor qaragʻayi archa daraxtini yon shoxlarini kesib olgan.
Holat yuzasidan obodonlashtirish boshqarmasining masʼul xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan jarima jazosi qoʻllanilgan.
Biroz vaqt ilgari Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan ushbu holatdan boshqarma boshligʻi va boshqa rahbarlarning xabari boʻlmagani aytilib, shahardagi Yangi yil archalari butalgan shox-shabbalar yordamida koʻtarilayotgani aytilgan edi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q