10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar roʻyxatga olinadi

Saqlash
19:39 / 12.08.2024 1214 0

Rossiyada 10 ming obunachiga ega blogerlar va Telegram kanallari egalariga oʻz maʼlumotlarini Roskomnadzorga oʻtkazish majburiyatini yuklovchi qonun imzolandi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Roskomnadzorga xabar bermagan, koʻrsatilgan auditoriyaga ega blogerlarga reklama joylashtirish va xayriya yigʻish taqiqlanadi. Boshqa kanallar esa oʻz postlarini qayta joylashtira olmaydi.

 

Maʼlumot uchun, amaldagi tartibga koʻra chet elliklar 10 tagacha, Rossiya fuqarolari esa 20 tagacha SIM-kartaga egalik qilishi mumkin edi. Qonunga binoan, bundan keyin bir kishiga sotilishi mumkin boʻlgan SIM-kartalar soniga cheklov ham kiritiladi.

 

Bundan tashqari, endi harbiy roʻyxatdan oʻtishdan bosh tortgan shaxslarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishga ruxsat berildi.

 

Qonunga koʻra, bundan buyogʻiga Ichki ishlar vazirligi “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan” erkaklar haqida maʼlumot berib borishi kerak boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//