Jahon
Xitoyda yuziga qoʻngan kichik pashshani urib oʻldirmoqchi boʻlgan erkak koʻzidan ayrildi.
Maʼlum boʻlishicha, erkakning ismi Vu boʻlib, u boshi atrofida uchib yurgan pashshadan bezor boʻlgan va uning yuziga qoʻnishigacha qoʻyib bergan. Belgilangan joyga qoʻngach esa pashshani urib oʻldirgan. Ammo bu erkak uchun qimmatga tushgan.
Sababi, oradan bir soat oʻtgach, xitoylikning chap koʻzi qizarib, shishgan va ogʻriy boshlagan.
Birozdan soʻng esa vaziyat yomonlashgan. Shundan keyin Vu kasalxonaga borishga qaror qilgan.
Kasalxonada shifokor tomonidan buyurilgan dori-darmonlar unga yordam bermagan. Koʻz ogʻrigʻi esa davom etavergan.
Vu kasalxonaga kelganida uning bir koʻzi allaqachon koʻr boʻlib qolgan edi.
Aniqlanishicha, yalligʻlanishga pashshaning bakterial infeksiyasi sabab boʻlgan.
Infeksiya miyasiga tarqalib ketmasligi uchun yakunda shifokorlar bemorning chap koʻzini olib tashlashga qaror qilgan.
U operatsiya qilingan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113294
Jamiyat
96018
Jamiyat
93310
Jamiyat
77293
Jamiyat
//
Izoh yo‘q