Jamiyat
«Qishloq qurilish invest» MCHJ injiniring kompaniyasi Fargʻona viloyati filiali direktori Fargʻona viloyati hokimiga oʻrinbosar boʻldi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xojiqoʻzijon Isoqov Fargʻona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xojiqoʻzijon Isoqov 1985-yilda Qoʻshtepa tumanida tugʻilgan. 2009-yilda Fargʻona politexnika institutini, 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
“Doʻstlik” ordeni sohibi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida Margʻilon shahridagi “426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbarining oʻrinbosari, 2013-yildan MCHJ rahbari, 2021-yildan buyon «Qishloq qurilish invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Fargʻona viloyati filiali direktori lavozimlarida ishlagan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109990
Jamiyat
94291
Jamiyat
90147
Jamiyat
73428
Jamiyat
//
Izoh yo‘q