Ilm-fan
"Ziyolilar birlashsa, bir ovozga aylansa,
jamiyatda maʼrifat qudratli kuchga aylanadi!"
Shunday maqsad bilan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov 3-avgust kuni mamlakat ziyolilari bilan navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi.
“Bugun maʼnaviyat hamma sohalardan oʻn qadam oldinga chiqishi uchun ziyolilar ovozi, maʼrifatli olimlarimiz minbarini yaratib berishimiz kerak” – deydi Hasanov uchrashuv haqida oʻz Telegram sahifasida maʼlum qilarkan.
Hasanovga koʻra, Markazdagi loyihalar aynan shu maqsadga asoslangan.
Maqsadlar natijasi oʻlaroq, ziyolilar suhbati, yangi kitob taqdimotlari va boshqa maʼrifat ulashuvchi tadbirlar uchun zamonaviy platforma yaratildi. Ushbu platforma yoshlarni maʼrifatga chorlash, ziyolilarning bilim zaxirasidan unumli foydalanib, uni xalqqa yetkazishda muhim koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Uchrashuvda olim, ijodkor va ziyolilar bilan suhbatdan soʻng, Maʼnaviyat va Maʼrifat markazida tashkil etilgan ijod laboratoriyasi tom maʼnoda ularga foydalanish uchun topshirildi.
“Millat masʼuliyatini anglash, ezgu fikrlarni uygʻotishda ziyolilar ovozi kerak!” – Otabek Hasanov.
Ziyolilarning mamlakat kelajagidagi ahamiyatini yuqori baholaydigan Hasanov bu kabi uchrashuv tadbirlarini doimiy tashkillashtirishni kanda qilmaydi. Ulardan yana biri 1-avgust kuni Yozuvchilar uyushmasida boʻlib oʻtgan shoir, ijodkorlar bilan muloqot boʻlib, unda bir qator yoʻnalishlarda maqsadli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Xususan:
- “Maʼnaviyat festivali” da targʻibotchilar safida ijodkor-ziyolilar safini kengaytirish;
- Vatanparvarlik, milliy gʻurur mavzularida sheʼr, hikoya kabi yoʻnalishlarda tanlovlar tashkil etish;
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida foydalanish uchun bolalarga moʻljallangan sheʼriy toʻplamlar nashr etish;
- Yangi nashr etilgan asarlar haqida Markazning raqamli targʻibot laboratoriyasida qiziqarli, zamonaviy media mahsulotlar tayyorlash;
- Bolalar adabiyotini rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlikda ishlash kabi bir qator loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.
Bu borada taklif va fikr-mulohazasi boʻlgan barcha ijodkorlar, jumladan, yoshlar ham Markazga taklif qilinishi aytilgan.
Bu kabi uchrashuv tadbirlari avvalroq poytaxtdagi Tarix instituti olimlari va yosh tadqiqotchilari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda olim va ziyolilardan iborat ekspertlar guruhi, oliy taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorlari, yosh mustaqil tadqiqotchilar bilan, qolaversa, hududlardagi olim, boburshunos va tarixchilar bilan ham doimiy tarzda oʻtkazib kelinadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q