Jamiyat
Hukumat qarori (756-son, 16.12.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
- homiylik xayriyalari;
- Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablagʻlari;
- taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablagʻlar quyidagilar uchun sarflanadi:
- ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
- ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
- ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar tashkil qilish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar oʻtkazish;
- multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q