Jahon
Turkiya axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi(BTK) qarori bilan mamlakatda Instagram bloklandi.
Maʼlum boʻlishicha, taqiq bugun ertalabdan boshlangan.
Xabarlarda yozishicha, Eronning poytaxti Tehronda Hamas siyosiy byuro rahbari Ismoil Haniyning Isroil tomonidan oʻldirilishi haqidagi xabarlar va Haniy haqidagi postlar Instagram tomonidan bloklaganishni boshlagan. Shuningdek, platforma marhumga bildirilgan taʼziya xabarlariga ham cheklov qoʻygan.
Shundan soʻng, Turkiya aloqa xizmati rasmiysi Fahrettin Altun X platformasida mazkur mavzuga toʻxtalgan va Insagram'ni tanqid qilgan.
“Bu ochiq-oydin sezuradir”, deb yozgan u.
Rasmiyning bayonotidan keyin esa Turkiya ham Instagram'ga blok qoʻygan.
Endilikda foydalanuvchilar mazkur ijtimoiy tarmoqqa VPN va boshqa muqobil dasturlar orqali kirishga harakat qilmoqda.
BTK veb-saytida bu taqiq qancha davom etishi yoki taqiqning sababi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q