Ilm-fan
Oʻzbekiston maktablarida chet tili oʻqituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega boʻlishi lozimligi toʻgʻrisidagi talab muddati uzaytirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Daryo” nashriga maʼlum qildi.
Hukumatning 2021-yil 19-maydagi qarori bilan 2024/2025-oʻquv yiligacha Oʻzbekistondagi maktab, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan. Yaʼni mazkur talabni bajara olmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki B2 sertifikati mavjud boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari ishga qabul qilinmasligi koʻrsatilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur talab muddatini bir yilga uzaytirdi. Endilikda maktablarning xorijiy til oʻqituvchilariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi 2025/2026-oʻquv yiliga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga, 2024/2025-oʻquv yilida mazkur turdagi sertifikati boʻlmagan pedagoglarga oʻquv yili oxirigacha sertifikat olish talabi qoʻyildi. Bu boʻyicha barcha chet tili oʻqituvchilari ogohlantiriladi.
Avvalroq vazirlik boshqarma boshligʻi Erkin Murodov “Daryo” nashriga bergan intervyusida aslida bunday talab qoʻyilishiga sabab sifatli taʼlimga erishish ekanini aytgandi.
“Xorijiy tilda dars beruvchi oʻqituvchi chet tilini eng kamida B2 — oliy taʼlimni bitirganda bakalavrga qoʻyilgan darajada bilishi kerak. Bu xorijiy tillarni oʻrgatishda sifatga erishish uchun qoʻyilgan talab va maqsadlardan hisoblanadi”, degan mutaxassis.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q