Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro Kimyo olimpiadasida sovrindor boʻldi

Saqlash
14:52 / 30.07.2024 632 0

Oʻzbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan Xalqaro Kimyo olimpiadasida dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etgan.

 

Sovrindorlar quyidagicha (suratda chapdan):

 

 

▪️ Rahimov Daler Rahmonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi — oltin medal;

 

▪️ Baxodirov Axror Mardonbekovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal;

 

▪️ Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy shahar 11-sonli maktabining 11-sinf oʻquvchisi — kumush medal;

 

▪️ Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon oʻgʻli – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi — bronza medal.

 

Xoʻsh, ularga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

 

Prezidentining qaroriga koʻra, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

Yaʼni:

1-oʻrin (oltin medal) uchun —

◻️ oʻquvchiga – 500 baravar (170 mln soʻm);

◻️ ustoziga – 450 baravar (153 mln soʻm).

 

2-oʻrin (kumush medal) uchun —

◻️ oʻquvchiga – 300 baravar (102 mln soʻm);

◻️ ustoziga – 250 baravar (85 mln soʻm).

 

3-oʻrin (bronza medal) uchun —

◻️ oʻquvchiga – 200 baravar (68 mln soʻm);

◻️ ustoziga – 150 baravar (51 mln soʻm).

 

Bundan tashqari, bunday oʻquvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz, grant asosida talabalikka qabul qilinadi.

 

Agar ular keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritadigan boʻlsa, lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama qoʻshib beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//