Sport
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi 2-tur oʻyinini Misrga qarshi oʻtkazadi.
Mazkur bahsda oʻzbekistonlik futbolchilar toʻliq oq libosda oʻynaydi. Darvozabon esa yashil libosda maydonga tushadi.
Uchrashuvni okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi:
◻️ Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya) – bosh hakam;
◻️ Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) – qanot hakami;
◻️ Mutukera Bernard (Solomon orollari) – qanot hakami;
Hamilton Odettega (Yamayka) – 4-rasmiy hakam.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston birinchi turda Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Misr esa Dominikan Respublikasi bilan kuch sinashgan va yakunda durang qayd etilgan.
Oldinroq Ibrohimhalil Yoʻldoshev Olimpiya terma jamoasi safini tark etgani hamda fransuz nashrlari oʻzbekistonlik futbolchilar haqida nimalarni yozishayotgani haqida xabarlar berilgan edi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
109678
Jamiyat
94060
Jamiyat
89844
Jamiyat
72997
Jamiyat
//
Izoh yo‘q