Sport
Fransuz nashrlarida yozgi Olimpia oʻyinlarida ilk bor ishtirok etayotgan Oʻzbekiston olimpiachilarining ushbu turnirning favoritlaridan biri – ispanlarga qarshi munosib oʻyin koʻrsatgani alohida taʼkidlanmoqda.
Jumladan, yetakchi sport nashrlaridan biri “LʼEquipe” oʻyin haqida shunday deb yozgan:
“Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasining ishonchli oʻyini evaziga Ispaniya terma jamoasi mazkur bahsda minimal hisobda gʻalaba qozongan boʻlsa-da, oʻz salohiyatini toʻliq koʻrsata olmadi”.
Sharhda, ayniqsa, jamoamiz darvozaboni Abduvohid Neʼmatov tomonidan oʻyinning 56-daqiqasida penaltining qaytarilishi va futbolchining bunda ishonchli harakat qilgani alohida eʼtirof etilgan.
Yana bir mahalliy nashr – “Le Nouvel Obs” gazetasi ham oʻzbekistonliklar haqida quyidagicha yozgan:
“Oʻyin davomida stadionda chinakam iliq, bayramona muhit hukm surdi va bu uchun oʻzbekistonlik muxlislarga rahmat. Oʻzbekistonlik muxlislar oʻzlarining nogʻora va qoʻshiqlari bilan stadiondagi muhitga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Ilk bor Olimpia oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasining ajoyib oʻyini ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi”.
“Ouest-France” gazetasi esa “Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi yozgi Olimpia oʻyinlarining ilk bahsida fransuz futbol ishqibozlari xayoliga ham kelmagan jihatlarni namoyish etdi. Ispaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻyin har jihatdan tomoshabop boʻldi. Oʻzbekistonlik muxlislar esa tribunalar uchun kurashda gʻalaba qozondi” deya oʻyinga taʼrif bergan.
"sofoot.com" elektron nashrida eʼlon qilingan maqolada ham oʻyin teng kurashlar ostida kechgani, omad tufayli gʻalaba ispanlar foydasiga hal boʻlgani, Abbosbek Fayzullayev Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi safida ham chap, ham oʻng qanotda hujumlar uyushtirish orqali faollik koʻrsatgani taʼkidlangan.
“'Park de Prens' stadioniga kelgan koʻplab muxlislari koʻmagida Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi hech qanday bosimsiz oʻyinning oxirigacha hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Mazkur gʻalaba Ispaniyani “C” guruhida birinchi oʻringa olib chiqdi. Biroq, Oʻzbekiston keyingi raqiblari – Misr va Dominikan Respublikasiga boʻlajak bahslar oson kechmasligi haqida oldindan xabar yubordi”, – deb yozgan mazkur mahalliy elektron nashr.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q